1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Qizilqumda korrupsiyaga qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

11

Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir jamiyat tizimida ochiqlik, shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlash, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbirda jamiyatning Yuridik bo‘lim boshlig‘i hamda Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati mas’ul xodimlari so‘zga chiqib, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish mexanizmlari, xizmat vazifalarini halol va xolis bajarish tamoyillari yuzasidan batafsil ma’ruzalar qildilar. Xususan, Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Qonun talablari, xodimlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, korrupsiyaviy holatlar uchun belgilangan javobgarlik choralari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari, ularning jamiyat va tashkilot obro‘siga yetkazadigan zarari misollar orqali yoritildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan aniq va asosli javoblar berildi.

Tadbir yakunida xodimlarga xizmat faoliyatida qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Bunday targ‘ibot tadbirlari tizimda sog‘lom ish muhitini shakllantirish, mas’uliyat va intizomni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Bo‘lishish

Foydali havolalar