- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Qizilqumda korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida davra suhbati o‘tkazildi
69
«O‘zbek geologiya qidiruv» AJ Qizilqum Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirga Zarafshon shahar IIB 1-son ichki ishlar boshlig‘i mayor M.A.Elmurodov va profilaktika inspektori T.X.Yusupovlar ekspert sifatida taklif etildi. Ekspertlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning jamiyatni «halollik vaksinasi bilan emlash» zaruriyati haqidagi fikrlari va uning mohiyati tushuntirildi. Tadbir so‘ngida xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot roligi qo‘yib berildi.