- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Qizilqumda bayram shukuhi
288
Qizilqum Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan “Balli qizlar” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Mazkur ko‘rik tanlovda Markaziy ekspeditsiyaga qarashli “Muruntau”, “Kokpatas” va “Daugiztau” dala ekspeditsiyalaridan 5 nafardan ishtirokchilar qatnashishdi.
Tadbirni “Qizilqum” MGQE boshlig‘i E.Tursunov ochib berib, “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan butun mehnat jamoasi xotin-qizlarini tabriklab, ishtirokchilarga omad tiladi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Barcha jamoalardan ishtirok etgan ishtirokchilarga estalik sovg‘alari topshirildi.