1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!

70

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 30 aprel kuni qabul qilingan “Ichki turizm хizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga ko’ra  “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida ish beruvchilar tomonidan хodimlar uchun yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqish imkonini yaratish qoidalari kiritilgan. Shu sababli yurtimizda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" dasturi asosida “O‘zbek geologiya qidiruv” Aj tarkibidagi "Shimoliy Nurota" dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tomonidan ishchi xodimlarni tarixiy-madaniy obidalarni ziyorat qilish maqsadida Xorazm viloyatiga sayohat uyushtirishdi. Sayohat davomida “Sharq gavhari” deya taʼrif beriladigan qadimiy  Xiva shahrida  “Ichan qalʼa” va “Dishan qal'a” majmuasini va shaharning e’tiborga sazovor tarixiy qadamjolarini ziyorat qildilar. Uch kunlik sayohat davomida ishchi xodimlar yurtimiz go‘zalligi hamda tariximizni yanada mukammal o'rganib, ko'plab ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar