- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
"O'zbek geologiya qidiruv" AJda fuqarolar bilan onlayn muloqot: Shaffoflik va ochiqlik ta'minoti
Joriy yilning 1-iyul kuni "O'zbek geologiya qidiruv" aksiyadorlik jamiyatida Telegram ijtimoiy tarmog'i orqali fuqarolar bilan onlayn muloqot tashkil etildi.
Muloqotning asosiy maqsadi shaffoflik va ochiqlikni ta'minlash hamda aholini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berishdan iborat bo'ldi. Bu aholi va tashkilot o'rtasida ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, ekspeditsiyalarda ishlayotgan xodimlar ham o'z takliflarini bildirish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Ushbu takliflar asosida kelgusida ish jarayonlarini takomillashtirish rejalashtirilgan.
"O'zbek geologiya qidiruv" AJ tomonidan tashkil etilgan ushbu onlayn muloqot davlat tashkilotlarining ochiqligini ta'minlash, fuqarolar bilan doimiy aloqani yo'lga qo'yish va ularning takliflarini inobatga olishda muhim qadamdir.