- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ mutaxassislari Aristantov va Tomditov togʻlarida stratigrafik tadqiqotlar olib bordilar
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tarkibidagi “Regional” MGTEning Stratigrafiya partiyasi geolog xodimlari joriy yilning may-iyun oylarida Aristantov, Sangruntov, Sharikti va Tomditov togʻlarida dala stratigrafik tadqiqotlarini oʻtkazdilar. Ushbu tadqiqotlar 1:50 000 miqyosdagi maydonni geologik qayta oʻrganish (GQOʻ-50) va 1:100 000 miqyosdagi chuqur geologik xaritalash (ChGX-100) loyihalari doirasida amalga oshirildi.
Stratigrafik dala ishlari quyidagi usullar yordamida olib borildi:
• Litologik-stratigrafik kesmalar tuzish;
• Fasial kesmalar tuzish;
• Paleontologik kuzatuv nuqtalarini aniqlash va oʻrganish;
• Batafsil geologik kuzatuv nuqtalarini oʻrganish.
Oʻtkazilgan tadqiqotlar natijalari ushbu hududning geologik tuzilishini yanada aniqlashtirish, istiqbolli maydonlarni aniqlash va yangi konlarni ochish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ geologlari tomonidan amalga oshirilgan ushbu ishlar Oʻzbekiston geologiya sohasining rivojlanishiga muhim hissa qoʻshadi.