1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ ISO 9001:2015 sertifikatini oldi

91

So‘ngi yillarda sifatni boshqarish masalalari nafaqat respublika korxonalari va tashkilotlari, balki umuman davlatning iqtisodiy manfaatlari diqqat markazida bo‘lib turibdi. Iqtisodiyotning barcha sohalaridagi tashkilotlarda xalqaro standartlarga mos sifatni boshqarish tizimini joriy etishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Sifatni boshqarishning yetakchi g‘oyalari va zamonaviy usullarini milliy korxonalar tomonidan amalga tatbiq etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Xuddi shu maqsadda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha sertifikatlandi. Taʼkidlash kerakki, jamiyat faoliyatining barcha bosqichlarida baholash tizimi joriy etilib, ISO 9001:2015 standarti talablariga muvofiq, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ kompaniyasining tashqi va ichki konteksti batafsil o‘rganib chiqildi va kompaniyani yana-da rivojlantirish imkoniyatlari belgilab olindi.

ISO 9001 xalqaro miqyosda tan olingan sifat menejmenti standartidir. U barcha o‘lchamdagi va sohalardagi tashkilotlarga o‘z faoliyatini yaxshilashga, mijozlar talablarini qondirishga va sifatga sodiqligini namoyish etishga yordam beradi. Uning talablari sifat menejmenti tizimini yaratish, joriy etish, qo‘llab-quvvatlash va doimiy ravishda takomillashtirish tartibini belgilaydi.

Shuni alohida taʼkidlab o‘tish kerakki, standart samarasiz jarayonlarni aniqlash va bartaraf etishga, operatsiyalarni soddalashtirishga va asoslangan qarorlar qabul qilishni osonlashtirishga yordam beradi, natijada xarajatlar kamayadi va natijalar yaxshilanadi.

 

Bo‘lishish

Foydali havolalar