1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Murodjon Bobonazarovning uzoq yillik fidoyiligi e’tirof etildi

66

Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Zarafshon dala ekspeditsiyasida uzoq yillar davomida faoliyat yuritgan M. Bobonazarov yer osti va yer usti tog‘ lahmlari hamda burg‘ilash ishlarida kernalarni namunalash bilan shug‘ullangan. Uzoq yillik mehnat faoliyati davomida M. Bobonazarov Ziyovuddin ma’danli maydonidagi Yangi Davon, Beshquduq, Sharqiy Yangi Davon konlari hamda Umid, Yangi Umid, Shimoliy ma’danli nomoyonlarida namunalash ishlari bilan faol shug‘ullanib, yurtimiz geologiya sohasida mehr va sadoqat bilan xizmat qilib, munosib hissa qo‘shdi.

Hamkasblarining chuqur hurmatiga va mehriga sazovor bo‘lgan M. Bobonazarov yosh mutaxassislarga o‘zining fidokorona mehnati bilan o‘rnak bo‘la oldi. Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiya jamoasi uning uzoq yillik mehnat faoliyatini yakunlaganligi munosabati bilan kelajakdagi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar