- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
MS-012 burg‘i qudug‘ida reja asosida burg‘ilash ishlari amalga oshirilmoqda
Qizilqum Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi Muruntau dala ekspeditsiyasi tomonidan MS-012 burg‘i qudug‘ida jadal ishlar amalga oshirilmoqda. Maʼlumki, MS-012 burg‘i qudug‘i Muruntau Myutenbay konining shimoli sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, oltin maʼdan zonalarini tarqalishini o‘rganish maqsadida 1700 p.m. hajmda burg‘ilash ishlari olib borish rejalashtirilgan edi.
Bugungi kunda 1663 p.m. hajmda burg‘ilash ishlari amalga oshirilib, olingan kern namunalari bo‘yicha taxminiy maʼdanlashgan oraliqlar aniqlandi. Olingan barcha kern namunalari JORK kodeksi asosida geologik hujjatlashtirilib, kern namunalarini Markaziy laboratoriyada ko‘p elementli ISP va probir tahlil usuliga yuboriladi.
MS-012 Burg‘i qudug‘ini burg‘ilashdan maqsad Muruntau Myuntenbay maʼdanli maydonlardagi oltinlashgan maʼdanli zonalarning ishonchliligini oshirish hamda mineral xomashyo bazasini yuksaltirishdan iborat. Ijobiy natijalar olingandan so‘ng 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan baholash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.