1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Milliy qadriyatlar oyligi tadbirlarga boy bo‘ldi

178

Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida “Geologiya sohasi xodimlari kuni” bayrami va “Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz” shiori ostida “Milliy qadriyatlar oyligi” tadbirlari oʻtkazildi. Tadbirda doirasida “Yashil hudud” shiori ostida daraxtlar va butalarga shakl berish va ularni oqlash, ishxona binolari hududlarini tozalash va koʻkalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi. Milliy oʻyinlardan “Arqon tortish”,”Tosh koʻtarish” oʻyinlari oʻtkazildi. Oʻzbek xalqining milliy liboslarini ommalashtirish maqsadida “Milliy libosimiz -ma'naviyatimiz koʻzgusi” mavzusida ekspeditsiya ishchi - xodimlari tadbirda milliy liboslarda ishtirok etishdi. Mehmondoʻstlik, insoniylik va hurmat kabi milliy qadriyatlarni targʻib qilish maqsadida “Mehmondoʻstlik  merosimiz” shiori asosida milliy taomlar dasturxoni tashkil etildi. Bayram tadbirlarini yuqori darajada oʻtkazish maqsadida “Geologiya” qoʻrgʻonida joylashgan 22 - sonli bolalar musiqa maktabi oʻquvchilari oʻzlarining milliy qoʻshiq va raqslari bilan bayram tadbiriga ko‘tarinki ruh qo‘shishdi. Bayram tadbirlarida faol ishtirok etgan ishchi -xodimlar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

 

 

 

 

Bo‘lishish

Foydali havolalar