- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
75
Joriy yilning 27-noyabr kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Markaziy boshqaruv apparatida Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida baxtsiz hodisalarning oldini olish va korxonaning tarkibiy bo‘linmalarida mehnatni muhofaza qilish, texnik va sanoat xavfsizligi uchun mas’ul xodimlarning hisobotlari tinglandi. Shuningdek, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularni oldini olish bo‘yicha kerakli topshiriqlar berildi. Ish joyidagi xavfsizlikni kuchaytirish uchun vazifalar belgilab olindi.