- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Markaziy laboratoriyaga guvohnoma topshirildi
Xabaringiz bor, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tarkibidagi Markaziy laboratoriya majmuasi O‘z ISO 17034:2021 xalqaro standarti ya’ni standart namunalarni ishlab chiqaruvchilarning kompetentligiga qo‘yiladigan umumiy talablariga va shartlariga asosan togʻ jinslari tarkibining standart namunalarini tayyorlash bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tkazilgan edi. Kuni kecha “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” DM tomonidan guvohnoma topshirildi.
Ta’kidlab o‘tish kerakki, ushbu xalqaro standart asosida akkreditatsiyadan o'tish orqali standart namuna ishlab chiqaruvchisi o‘z mahsulotiga bo'lgan ishonchni tasdiqlashi bilan birgalikda, u taqdim etgan standart namuna asosida sinov laboratoriyalarida sifatni nazorat qilishda xalqaro darajadagi yondashuvni ta'minlash imkoniyati yaratiladi.
“O'zbekgeologiya qidiruv” AJ Markaziy laboratoriyasining standart namuna ishlab chiqaruvchisi tomonidan akkreditatsiyadan o'tish uchun topshirilgan ariza asosida o'tkazilgan tegishli baholash taomillari natijalariga ko'ra ushbu muvofiqlikni baholash organi O‘zbekistonda 1-bo'lib ISO 17034 xalqaro standartiga muvofiq akkreditatsiya qilindi.
“O‘zbekgeologiya qidiruv” AJ
Axborot xizmati