- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Markaziy ishlab chiqarish bazasi xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yoʻnalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptiradi.
“O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi Markaziy ishlab chiqarish bazasi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan «Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun» shiori asosida ishchi xodimlar o‘rtasida sportning shaxmat, shashka, voleybol va mini futbol turlari bo‘yicha jamoaviy hamda yakka tartibdagi sport musobaqalari tashkil qilindi.
Musoboqalarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoa va xodimlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Bu kabi sport musobaqalari jamoada yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuygʻularini shakllantrishga munosib hissa qo‘shadi.