- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Markaziy geologiya-geofizika ekspeditsiyasida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi boʻlib oʻtdi
120
"Oʻzbek geologiya qidiruv" AJ Markaziy geologiya-geofizika ekspeditsiyasi boshligʻi A.U. Ashurov va yoshlar yetakchisi B.Z. Xakimov tashabbusi bilan 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularning maʼnaviyatini yuksaltirish maqsadida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkillashtirildi.
Tadbirda ekspeditsiyaning tarkibiy tuzilmasi, maqsad-vazifalari va kutilayotgan modernizatsiya rejalari bilan tanishtirilib, yoshlarni oʻylantirayotgan masalalar yuzasidan suhbat oʻtkazildi.