- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
“Korrupsiyaga qarshi birga kurash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Barchamizga ma’lumki, korrupsiya mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi hisoblanadi. Bu kabi jinoyatlarga qarshi kurashish barcha tashkilotlar oldida turgan muhim vazifalardan biri. Bugungi kunda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJda ham bu illatga qarshi kurashish maqsadida faol targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. Ana shu maqsadda joriy yilning 21-yanvar kun jamiyat Markaziy apparatida boshqaruv raisi Sh.Alimov ishtirokida “Korrupsiya qarshi birga kurash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar, korrupsiyaviy holatlarga moyilliklar va bu kabi holatlarga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlab bartaraf etish zarurligi qayd etildi.
Shuningdek o‘tgan davr mobaynida “O‘zbek geologiya qidiruv”AJda ham bir qator keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligi ayniqsa bu borada Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limining o‘z vakolat doirasida bajargan ishlari hamda har bir xodim o‘z vijdoni oldida erkin bo‘lishni xohlasa albatta korrupsiyaviy holatlardan qochishi, yo‘l qo‘ymasligi va oldini olishga e’tibor berishi kerakligi ta’kidlandi.
Har bir bo‘lim turli tashkilot, kompaniya va tadbirkorlik sub’ektlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga kirishganda qimmatli sovg‘alar, iqtisodiy, moddiy yoki nomoddiy naf evaziga aldanib qolmaslikni va korrupsiyaning bir turini sodir etib qo‘ymasliklari uqtirildi. Bu orqali aksiyadorlik jamiyati obro‘siga putur yetishi balki hayotining yomon tomonga burib yuborish kabi ko‘ngilsizliklarni keltirib chiqarishi, tinch hayotining, farzandlarining farovonligiga raxna solishi mumkinligi tushuntirildi.
Jamiyat boshqaruv raisi chiqishi yakunida xodimlardan ichki mehnat tartibi, texnika xavfsizligi talablariga va mehnat qonunchiligiga rioya etgan holda faoliyat yuritish lozimligini, har qanday korrupsiyaviy holatlar, manfaatlar to‘qnashuvlari holatlari va boshqa turdagi qonun buzulish holatlariga qatiy rioya qilinishi zarurligi ta’kidlandi.
Suhbat yakunida kim yuqoridagilarning biridan xabar topishi, yoki sezishi bilan aksiyadorlik jamiyatining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limining xabar berishga mo‘ljallangan 95-505-99-00 raqamgia, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zi boshqaruv raisiga, Axloq komissiyasiga o‘z vaqtida xabar berishi mukinligi aytildi.
Bu orqali xodimlarning jamiyat nufuziga, shaffoflikni ta’minlashga, rahbarlarni tarbiyalashda o‘z hissasini qo‘shishini ta’kidlandi.
“O‘zbek geologiya qidiruv”AJ
Axborot xizmati