1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Kasaba uyushmasi faoliyatining yil yakunlari sarhisob qilindi

110

Joriy yilning 11-noyabr O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Markaziy apparatida tadbir bo‘lib  o‘tdi. Unda aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Sh.Alimov va O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi raisi o‘rinbosari O.Ismoilov ishtirok etdi. Tadbir davomida O.Ismoilov so‘zga chiqib, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ eng na’munali ijtimoiy sherikchilikdagi ish beruvchi tashkilot ekanligini e’tirof etdi.

Shuningdek, “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostida kelgusidagi faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.  Tadbirda Kasaba uyushmasining yil yakunlari bo‘yicha faoliyati sarhisob qilinib, erishilgan yutuqlar e’tirof etildi hamda tadbir yakunida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Kasaba uyushmasi raisi M.Iminovga tarmoq kasaba uyushmasi xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini va mehnat huquqlarini himoya qilish borasida samarali mehnati hamda  O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari kuni munosabati Faxriy yorliq topshirildi.

 

Bo‘lishish

Foydali havolalar