1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Jamiyat tarkibidagi tashkilotlar o‘rtasida sport musobaqlari bo‘lib o‘tdi

16

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo'nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog'lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptiradi. Turli kasalliklar, yoshlar o'rtasida zararli odatlarning oldini oladi. Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishda ham muhim o'rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g'urur-iftixor bag'ishlaydi.

Barchamizga ma’lumki, taraqqiyot strategiyamizda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholi sonini keyingi besh yilda 33 foizga yetkazish maqsadi belgilangan.

Xususan, barcha tashkilotlarda ham jismoniy tarbiya va sport sohasiga alohida e’tibor qaratilishi va bu borada tizimli ishlar olib borish belgilab berilgan bo‘lib, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida balkim butun jamoani sog‘lom turmush tarzi asosida faoliyat olib borishiga munosb xizmat qiladi.

Ayni shu maqsadda “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatida har yili an-anaviy tarzda sportning bir necha yo‘nalishida musobaqalar o‘tkazib kelinadi. Joriy yilning 4-5 mart kunlari Jamiyatning Yoshlar ittifoqi va Kasaba uyushmasi hamkorligida barcha ekspeditsiyalar va boshqa bo‘limlar ishtirokida futbol, shaxmat, shashka sport yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Unga ko‘ra sportning futbol turi bo‘yicha:

1-o‘rin “Sharqiy Qurama” DGQE;

2-o‘rin “Qizilqum” DGQE;

3-o‘rin “Daugiztau” DGQE.

Shaxmat bo‘yicha:

1-o‘rin “Zarafshon” DGQE;

2-o‘rin “Surxon” DGQE;

3-o‘rin “Hisor” DGQE;

Shashka sport turi bo‘yicha:

1-o‘rin “Olmaliq” DGQE,

2-o‘rin “Daugiztau” DGQE

3-o‘rin “Zarafshon” DGQEsiyalar munosib jismoniy kuchi va taktik o‘yinlari bilan yuqori o‘rinlarni egalladilar.

Barcha sport turlari bo‘yicha musobaqa g‘oliblari kubik va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar