1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Jamiyat a’zolari “Yashil makon” umummilliy loyihasiga munosib hissa qo‘shmoqdalar

35

Respublikamiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasida daraxt va buta koʻchatlarini ekish ishlari keng ko‘lamda tashkil etilmoqda. Aksiyada barcha tashkilotlar qatori “O'zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatining “Shimoliy Nurota” dala geologik qidiruv ekspeditsiyasi ishchi xodimlari ham o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishmoqda. Hususan, tashkilot atrofi ko'kalamzorlashtirilib, bo‘sh maydonlarga manzarali va meva ko‘chatlari o‘tqazildi. Bu loyiha kelajakda yurtimizning yashil maydonlarini kengaytirish hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilanishiga munosib zamin yaratadi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar