- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Ishlab chiqarish bazasi faoliyati o‘rganildi
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyuldagi PQ-319-son qaroriga asosan “Navoiyuran” davlat korxonasiga tegishli bo‘lgan Ishlab chiqarish bazasi «O‘zbek geologiya qidiruv» AJga o‘tkazilgan bo‘lib, bugungi kunda Ishlab chiqarish bazasida geologik qidiruv sohasi uchun foydalaniladigan uskunlarar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.
2022 yil 22 noyabr kuni «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ boshqaruvi raisi M.Ilxamov Ishlab chiqarish bazasiga tashrif buyurib, Jamiyatning bo‘linmasida olib borilayotgan ishlar, joriy va kelgusi yilda geologiya sohasida foydalaniladigan uskunalar va jihozlarni ishlab chiqarilishi holati va xodimlarni ish bilan taʼminlash rejalari bilan tanishdi.