1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Ishchi guruh tog‘-kon va burg‘ilash ishlari holatini o‘rgandi

142

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Markaziy boshqaruv apparati Texnik siyosat boshqarmasi mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi Samarqand va Qizilqum Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyalarida joylashgan uchastkalarda tog‘-kon va burg‘ilash ishlarini belgilangan reja asosida tekshiruvdan o‘tkazishdi. Koscheka ma’danli maydonidagi burg‘ilash ishlari va Kokpatas va Muruntov dala ekspeditsiyalaridagi SSK NQ va HQ burg‘ilash quvurlari holati o‘rganildi. Shu bilan bir qatorda uchastkada kon ishlarini tashkil etishning murakkab va muammoli masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ishchi guruh a’zolari aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘tkazilayotgan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” ko‘rik-tanlovi bo‘yicha o‘tkazilayotgan hududiy saralash bosqichida ishtirok etishdi.

 

Bo‘lishish

Foydali havolalar