- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Ilmiy tadqiqotlarda yoshlarning roli
Markaziy laboratoriya tarmoq korxonalarini keng doiradagi elementlar boʻyicha ishonchli tahliliy maʼlumotlar bilan taʼminlash boʻyicha ishlab chiqarish tahlillaridan tashqari, tog‘ jinslarni va rudalarni tahlil qilishning yangi zamonaviy usullarini ishlab chiqib joriy etmoqda.
Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda yosh mutaxassislar faol ishtirok etmoqda. Markaziy laboratoriya xodimi R.A.Irgashevaning Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitetning fizika fakulteti tomonidan o‘tkazilgan RIAK-XVIII - 2025 “Fizika rivojida iqtidorli yoshlarning roli” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida “O‘zbekiston tog‘ jinslaridagi oltinning massaviy ulushini asillik – atom-absorbitsiya usuli yordamida aniqlash” mavzusida maruza bilan chiqishi ana shunday ish natijasi bo‘ldi:
Maʼruza konferensiya ishtirokchilari – univetrsitet ilmiy va pedagogik hamjamiyati tomonidan yuqori baholandi.