- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Hisor ekspeditsiyasi xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi
Sport – bu sogʻliq, sport bu yoshlik, u shahdu shijoat, barkamollik va yetuklik demakdir. Shuning uchun ham mamlakatimizda sport ravnaqiga, xalqimizni sportga ommaviy tarzda keng jalb etishga, ayniqsa, kelajagimiz egalari boʻlgan yosh avlodni har jihatdan yetuk va komil insonlar sifatida ulgʻaytirishga yuksak darajada eʼtibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yoʻnalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptiradi. Turli kasalliklar, yoshlar oʻrtasida zararli odatlarning oldini oladi. Ta’kidlash kerakki, yuqoridagi maqsad va g‘oylarni hayotga tatbiq etish maqsadida “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Hisor” geologiya qidiruv ekspeditsiyasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan «Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun» shiori asosida ishchi xodimlar o‘rtasida sportning shaxmat, shashka, voleybol va mini futbol turlari bo‘yicha jamoaviy hamda yakka tartibdagi sport musobaqalari tashkil qilindi.
Musobaqalarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoa va xodimlar turli xildagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Bu kabi sport musobaqalari jamoada yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishga munosib hissa qo‘shadi.