1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Geologlar mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

48

Joriy yilning 14-may kuni Toshkent viloyati Angren shahrida sayyor qabul tashkil etildi. Unda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosarlari, mutasaddi rahbarlar hamda ekspeditsiya xodimlari ishtirok etdi. Sayyor qabul davomida ishchi-xodimlarning mehnat sharoitlari, ularni qiynayotgan muammo va takliflar tinglanib, mavjud masalalarni hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Qabul jarayonida murojaatchilar tomonidan bildirilgan masalalar yuzasidan mas’ullar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi hamda ayrim murojaatlar joyida hal etildi.  Bunday sayyor qabullar aholi va mehnat jamoalari bilan ochiq muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning yechimiga amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.

Bo‘lishish

Foydali havolalar