1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Geokimyo rivojlanishining zamonaviy yo‘nalishlari

1

21-25-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Irkutsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan akademik L.V.Tauson tavalludining 105 yilligi va A.P. Vinogradov nomidagi Rossiya fanlar akademiyasi Sibir bo‘limi geokimiyo institutining 65 yilligiga bag‘ishlangan “Geokimyo rivojlanishining zamonaviy yo‘nalishlari” mavzusida xalqaro olimlar ishtirokidagi butunrossiya  konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi nomidan “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadolik jamiyati tarkibidagi “Zarafshon” dala geologik qidiruv ekspeditsiyasi bosh geologi S.Nematullayev hamda X.M.Abdullayev nomidagi geologiya va geofizika instituti xodimlari D.Djumaniyozov va F.Karimovalar ishtirok etishmoqda.

Ushbu ilmiy amaliy anjumanda bizning mutaxassis va olimlarimiz o‘z ilmiy maʼruza va taqdimotlari bilan qatnashdi.

24-noyabr kuni ilmiy amaliy anjuman ishtrokchilari Irkutsk shahrida joylashgan Rangli toshlarga sayqal berish zavodida va Irkutsk Politexnika instituti muzeyi va boshqa eʼtiborga sozovor joylarga tashrif buyurishdi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar