1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Fuqarolar bilan o‘tkazilgan onlayn muloqot samarali bo‘lib o‘tdi

153

Joriy yilning 28-mart kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJga yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari va ularni qiziqtirayotgan savollari yoki takliflari bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn muloqot ishtirokchilarning savol-javoblari asosida samarali bo‘lib o‘tdi. Muloqot jamiyat rasmiy telegram sahifasida tashkil etilib, muloqot davomida korxona tizimida murojaatlar bilan ishlash holati va sohada amalga oshirilayotgan yangiliklar bo‘yicha ma’lumot berib o‘tildi.

Unda fuqarolar tomonidan asosan ishga joylashish tartiblari, ish jarayonidagi yuzaga keladigan vaziyatlar bo‘yicha savollar berildi. Shuningdek, savollarga korxona mas’ul xodimlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy tushuntirishlar berildi. Onlayn efir vaqtida kelib tushgan murojaatlarni qonuniy hal qilinishini ta'minlash hamda ayrim murojaatlarni o‘rganib chiqish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rililishi ta’kidlandi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, bu kabi onlayn muloqotlar doimiy o‘tkazib boriladi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar