1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Foydali qazilma konlarini qidirish ishlari qanday tashkil etilgan?

2

“O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati geologiya sohasi tizimida va respublika mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish hamda qayta tiklash davlat dasturlari doirasida geologiya-qidiruv ishlariga xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxs hisoblanadi. Bugungi kunda “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati tarkibida 10 ta ekspeditsiya, 1 ta markaziy laboratoriya, 1 ta markaziy ishlab chiqarish bazasi mavjud. Jamiyat tomonidan hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini jadal amalga oshirish, respublika mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish borasida istiqbolli loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda

Xususan, “Hisor” dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi O‘zbekistan tog‘-kon va Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarini o‘z ichiga olgan hududlarda qattiq noruda foydali qazilmalarini va qora metallarga kompleks geologiya qidiruv ishlarini olib borish, chuqurlik bo‘yicha yirik va o‘rta miqyosda xaritalash, maydonlarni geologik mufassal o‘rganish, regional ko‘lamli bashoratli izlanishlar va geologik tasvirlash, maxsus ildamlovchi qidiruv ishlarini olib borish, belgilangan geologik topshiriqlarni bajarilishini taʼminlash kabi bir qator muhim vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan. Ekspeditsiya ko‘p yillik faoliyati davomida bir necha 10 lab har xil turdagi maʼdanli va nomaʼdan foydali qazilma konlarini topib, Respublikamiz xom ashyo bazasini revojlantirishda o‘zining o‘lkan hissasini qo‘shib kelmoqda.

 

Ekspeditsiya faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Hisor dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi bosh geologi Maxmadiyor Shodiqulov boshchiligida Yaxton uchastkasi faoliyati o‘rganildi. Yaxton konining chuqur gorizontlarida 2019 yil geologik qazish ishlari boshlangan bo‘lib, hozirda 10 dan ziyod maxsus texnikalar yordamida 40 dan ortiq malakali mutahassislar belgilangan rejaga muvofiq yer osti tog‘ lahm o‘tish ishlarini olib borishmoqda. Hozirgi kunda “Yaxton” konining chuqur gorizontlarida magmatik tog‘ jinslari bilan bog‘liq minerallashgan zonalarda oltin va volframga qidiruv ishlari olib borilmoqda. Olib borilgan geologik qidiruv ishlari natijasida oltinning miqdori 1g/t dan 4,22 g/t gacha, qalinligi 11 metrgacha bo‘lgan 20 dan ortiq oltin maʼdan tanalari aniqlandi. Hozirgi kunda ularning davomiyligi o‘rganilmoqda.

“Hisor” dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi o‘zining uzoq yillik ilmiy va geologik izlanishlari natijasida katta tajriba maktabiga ega ekspeditsiya hisoblanadi. Faoliyat bilan yaqindan tanishish mobaynida “Yaxton” uchastkasida lahm o‘tish ishlari belgilangan muddatda topshirilishi bo‘yicha bosh geologi Maxmadiyor Shodiqulov tomonidan ko‘rsatmalar berildi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, ekspeditsiya foydali qazilma konlarini izlash va qidirib chamalash uslubiyotini hamda geologiya - qidiruv ishlarini olib borish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash, belgilangan tartibda burg‘ilash, konchilik, laboratoriyaga oid, topografik, geodezik, marksheyderlik, xaritalash hamda foydali qazilmalarni qazib olish kabi ishlar bilan shug‘ullanadi.

Ayni vaqtda “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi barcha ekspeditsiyalar tomonidan qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallar va boshqa turdagi rudali foydali mahsulotlarni va konlarini topish maqsadida geologik qidiruv ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.

Mirshod QO‘LDOSHEV

Bo‘lishish

Foydali havolalar