1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Davlat organi va tashkilotlarining 2024-yildagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi baholandi

106

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ 2024-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi bo'yicha 84 ball bilan “yaxshi” ko‘rsatkichini oldi

Davlat organi va tashkilotlarining 2024-yildagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi baholandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi bo‘yicha 103 ta davlat tashkilotining (jumladan, 14 tasi ilk marotaba, 89 tasi esa takroran) 2024-yildagi faoliyati 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholashdan o‘tkazildi.

Ta’kidlash joizki, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar natijasida reytingda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ 84 ball bilan “yaxshi” ko‘rsatkichiga ega bo‘ldi. Bu borada ishlar tizimli olib borilmoqda.

Davlat tashkilotlari faoliyating samaradorligi quyidagi toifalarga ajratildi:

▫️41 tasi “yaxshi” – (81-100 ball);

▫️53 tasi “qoniqarli” – (55-80 ball);

▫️9 tasi “qoniqarsiz” – (55 balldan past).

Bo‘lishish

Foydali havolalar