1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Curiosity marsoxodi Marsda qimmatbaho tosh topdi

1

Bu kashfiyot juda muhim, chunki u Marsda suv ko‘pchilik ishonganidek yaqinda g‘oyib bo‘lgan, degan nazariyani tasdiqlaydi. Curiosity marsoxodi Qizil sayyorada qimmatbaho tosh — opal topdi. AQSHning Arizona universiteti olimlari uni suvning potensial manbai deb hisoblashmoqda.

Opal bu mineraloid, yaʼni suvning kremniyga boy tog‘ jinslariga taʼsir etganida hosil bo‘ladigan qattiq modda. Shu tariqa tog‘ qatlamlarida ana shunday eritmalar yuzaga keladi.

Biroz vaqt o‘tgach, mazkur eritma qattiq bo‘lib qoladi. Bir hil kimyoviy tarkibga ega. Rangi juda xira yoki ko‘zni qamashtiradigan darajada yorqin bo‘ladi. Yerda opal Avstraliya va Efiopiyadan topilgan.

Marsoxod butun sayyorani kesib o‘tib, Mars yuzasidagi yoriqlar yaqinida opalni topdi.

Arizona shtat universitetidan Trevis Gabriyelning aytishicha, barcha to‘plangan tosh namunalari asosan opalning asosiy tarkibiy qismlari bo‘lgan kremniy va suvdan iborat.

Bundan tashqari, olimlar bunday konlar Qizil sayyora yuzasidagi yoriqlar yaqinida turli joylarda joylashganligini aniqladilar va ular juda ko‘p.

“Opal Marsda uchib keladigan fazogirlar uchun muhim suv manbai bo‘lishi mumkin. Suv mineraloidning kristall tuzilishi ichida mahkam bog‘lanmaganligi sababli, agar opal maydalanib, qizdirilsa, uni osongina ajratib olish mumkin. Olimlar diametri 1 metr va chuqurligi 30 santimetr joylashgan yuzadan taxminan 6 litr suv olish mumkin”, deb taʼkidlashdi olimlar.  

Bo‘lishish

Foydali havolalar