- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Chaqmoqtosh maʼdanli maydonida yer usti burg‘ilash, yer osti lahm o'tish ishlari olib borilmoqda
174
Chaqmoqtosh maʼdanli maydoni Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi Qurama tog‘ining shimoli-g‘arb qiyaligida joylashgan bo‘lib, bugungi kunda Toshkent Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi Sharqiy-Qurama dala ekspeditsiyasi tomonidan uchastkada yillik rejaga asosan yer usti burg‘ilash, yer osti lahm o'tish ishlari olib borilyapti shu bilan bir qatorda geofizika partiyasi tomonidan burg‘ilangan qudug‘ilarda geofizik o‘rganishlar olib bormoqda. Burg‘ilash natijasida olingan kern namunalari Sharqiy-Qurama dala ekspeditsiyasidagi laboratoriya kompleksiga tahlil uchun o‘z vaqtida topshirilyapti.