- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Burg‘ilash ishlarida zamonaviy usullarni qo'llash mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi
So‘ngi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan geologiya sohasiga qaratilayotgan eʼtibor natijasida geologiya-qidiruv ishlari oldingi davrga nisbatan 3 barobarga oshdi. Shuni alohida taʼkidlab o‘tish kerakki, mamlakatimizda mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish borasidagi loyihalarni amalga oshirishda sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning o‘rni katta. “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ sohada faoliyat olib borayotgan xodimlarning bilim, malaka va tajribalarini yana-da rivojlantirish maqsadida o‘quv-seminar va treninglar tashkil qilib kelmoqda. Ayni shu maqsadda navbatdagi o‘quv-seminar Samarqand Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida “Burg‘ilash ishlarida zamonaviy usullarni qullash va SSK usulida burg‘ilashning muammolari va yechimlari” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ, Markaziy DGQE va DE xodimlari ishtirok etishdi. Seminarda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari-bosh muhandis – Sh.Sirajov, Texnik siyosat boshqarmasi boshlig‘i – Z.Turdijanov, Mehnatni muxofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i – A.Raxmonov, Ishlab chiqarish va texnika bo‘limi boshlig‘i – R.Rabbimovlar so‘zga chiqib, seminar ishtirokchilariga Kolonkali jamlanma (SSK) quvurlarining dala ekspeditsiyalaridagi holati. Ularni ishlatish va taʼmirlash standartlari va talablari. Kolonkali jamlanma quvurlarining nuqsonlarini aniqlash va hisobdan chiqarish masalalari, Kolonkali jamlanma(SSK)ning burg‘ilash uskunasidagi holati ularning tarkibiy qismlariga texnik xizmat ko‘rsatish, sozlash, nosozliklarni bartaraf etish yo‘nalishlarida hamda Mehnatni muxofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘yicha qoida va meʼyor talablari yuzasidan maʼlumotlar va ishchi-xizmatchilarning ish jarayonida MM va TX qoidalariga qat'iy rioya qilishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. O‘quv-seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflarini bildirib o‘tishdi.
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ
Axborot xizmati