- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Birlamchi dala geologik materiallarni tekshirish va qabul qilish ishlari amalga oshirilmoqda
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ ning 2023-yil 9-fevraldagi 19-sonli buyrug‘iga muvofiq ayni paytda “Surxon” dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasida birlamchi dala geologik materiallarni tekshirish va qabul qilish ishlari loyihalar doirasida olib borilmoqda. Jamiyat xodimlaridan iborat komissiya a’zolari birlamchi geologik materiallarni qabul qilib, kelgusidagi ishlar bo‘yicha bir qator tavsiyalar berishdi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, birlamchi materiallarni qabul qilish geologik tadqiqot jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Birlamchi geologik materiallarni sinchiklab tahlil qilish va belgilangan tartibda qabul qilish keyingi ishlarning samaradorligi va aniqligini oshirish hamda geologik resurslarni qidirish va o‘zlashtirishda yanada yaxshi natijalarga erishish imkonini beradi.