- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz
Samarqand Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasining “Zarmitan” dala ekspeditsiyasida 18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan kun munosabati bilan davra suhbatlari davom ettirilib borilmokda.
Davra suhbati davomida “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunning barcha 13 ta moddasi bo‘yicha batafsil axborot yig‘ilish qatnashchilariga o‘qib eshittirishdi hamda elimizning buyuk shoirasi X.Xudoyberdiyevaning ushbu sheʼri ifodali o‘qildi.
VATAN BAYROG‘I
Yurt bayrog‘in har joygamas,
Ko‘nglingga ek. Ko‘ksingni o‘y.
Ishlov bergin, yumshatib tur
Ildiz otsin, ko‘rsatsin bo‘y.
To bu bayroq, Vatan, nurlar
Ich-ichinnga ketsin kirib.
Toki g‘anim- vatanxo‘rlar,
Ololmasinlar sug‘irib.
Shunday o‘rgat qulni, xonni,
Uchmas qush xamuchar bo‘lsin.
To bayroqdan oldin jonni
Bermoq oson kechar bo‘lsin.
Xalima Xudoyberdiyeva.