- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
AQSh delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
382
2024-yil 28-mart kuni Energetika vazirligida AQSh senatori Stiven Deyns boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov, Energetika vaziri J.Mirzamahmudov ishtirok etdilar.
Tadbirda togʻ-kon sanoati va geologiya-qidiruv hamda yoqilgʻi-energetika sohalaridagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur yoʻnalishlarda oʻzaro aloqalarni yanada mustahkamlash uchun katta imkoniyatlar mavjudligi, kelgusida bundan samarali foydalanish ikki taraf uchun ham manfaatli ekanligi taʼkidlandi.