1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Akba konida geologiya qidiruv ishlari reja asosida bajarilmoqda

325

2019-2024 yillarda Madmon maʼdanli maydonidagi Akba konining qanotlar va chuqur gorizontlarida batafsil baholash, Sharqiy Kaulyuk namoyonida dastlabki baholash va Shimoliy Akba uchastkasida geologiya qidiruv ishlari olib borish rejalashtirilgan bo'lib, bugungi kunda Akba konining Sharqiy Kaulyuk va Shimoliy Akba uchastkalarida tog‘ kon o‘tish ishlaridan, og‘ir tog‘ o‘tish ishlari (shtolnya), kolonkali burg‘ilash ishlari bajarilmoqda. Olib borilgan geologiya qidiruv ishlari natijalariga ko‘ra bir nechta maʼdan tanalari borligi aniqlanib, hozirda zaxira va bashorat resurslari hisoblanmoqda.

Bundan tashqari, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ ning 2024 yil 18 iyulida tasdiqlangan Akba uchastkasida geologiya qidiruv ishlarini olib borish uchun oltinning miqdorini oshirish maqsadida S2 toifadan S1 toifaga o‘tkazish va o‘rganish maqsadida 14045 p.m kolonkali burg‘ilash ishlarini qo‘shimcha ravishda olib borish rejalashtirildi.

 

Bo‘lishish

Foydali havolalar