- Asosiy
- Interaktiv xizmatlar
- Boʻsh ish o'rinlari
- Jamiyat Boshqaruv raisi o‘rinbosari-xaridlar bo‘yicha direktor lavozimiga tanlov eʼlon qiladi
Jamiyat Boshqaruv raisi o‘rinbosari-xaridlar bo‘yicha direktor lavozimiga tanlov eʼlon qiladi
Ish o‘rni uchun talablar
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Jamiyat Boshqaruv raisi o‘rinbosari-xaridlar bo‘yicha direktor lavozimiga tanlov eʼlon qiladi
O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga va jamiyat ustaviga muvofiq “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari-xaridlar bo‘yicha direktor lavozimiga nomzodlar tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek tanlovida ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy davlatlarning fuqarolari taklif etiladi.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Funksional majburiyatlar:
Xarid qilish departamenti va bo‘linmalariga bevosita rahbarlik qilish, uning xodimlari faoliyatini amaldagi Qonunchilik asosida, samarali va barqaror faoliyatni taʼminlash;
Xarid departamenti faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
Jamiyatning boshqa tuzilmaviy bo‘linmalar bilan hamkorlikda xaridlarini amalga oshirishda jamiyatning shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida, sifatli tuzilishini va bajarilishini taʼminlash;
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish tartib-taomillarini ishlab chiqishni tashkil etish va amaldagi qonunchilikka muvofiq xarid tartib-taomillarini o‘tkazish hamda ularga rioya qilish choralarini o‘rganish,
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning potensial yetkazib beruvchilarini izlash, narxlarni belgilash va xaridlarni optimallashtirish maqsadida bozor konyukturasini tahlil qilish.
Jamiyatning tarkibiy bo‘linmalarida boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha maʼmuriy-meʼyoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish.
Jamiyatning manfaatdor tuzilmaviy bo‘linmalari ishtirokida byudjet doirasidagi xaridlari, xarajatlar moddalari, shu jumladan har kungi ustuvor xaridlar bo‘yicha yillik so‘rovlarni shakllantirish va muvofiqlashtirish hamda uzoq muddatli xaridlar va tovar-moddiy zaxiralarni qisqa muddatli rejalashtirish;
shartnomalarning, shu jumladan eksport/import shartnomalarining milliy va tashqi valyuta qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish;
xaridlarini o‘tkazishda marketing tadqiqotlari o‘tkazilishi, xaridlar muddatlariga rioya etilishi hamda shartnoma va shartnomalar tuzilishi, to‘lov intizomi, tovarlarning o‘z vaqtida yetkazib berilishi va ularning to‘g‘ri saqlanishini nazorat qilish;
arizalarni topshirish, rejalashtirish uchun biznes jarayonlarini avtomatlashtirish loyihasida ishtirok etish va byudjetlashtirish, korxonaning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xaridlarini amalga oshirish (texnik shartlarni, ko‘rsatmalarni yozish).
Kerakli ko‘nikmalar:
Shu kabi lavozimda kamida 3 yil ish tajribasi;
Yirik korxonalarning xaridlar soxasida, yirik tashkilotlarni boshqarishda, iqtisodiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida kamida 3 yil ish tajribasi;
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi, xarid qilish tartib-qoidalari, mahalliy va xalqaro elektron savdo maydonchalari faoliyati, 2022 yilgi Inkoterms qoidalari va savdo metodologiyasi, g‘aznachilik va buxgalteriya operatsiyalari, shuningdek, ombor operatsiyalarini bilish maʼqullanadi;
MS Office mahsulotlari dasturlarni bilish;
amaldagi yoki olingan qo‘shimcha professional sertifikatlar afzallik bo‘ladi;
yirik diversifikatsiyalangan kompaniyalarda ish tajribasi va konsalting maʼqullanadi;
xarid ishlarini avtomatlashtirish tajribasi;
xaridlarini rejalashtirish, byudjetlashtirish va hajmini shakllantirish va u bo‘yicha hisobot berish bo‘yicha amaliy tajriba;
Jamoada ishlash, analitik fikrlash, yuqori darajadagi masʼuliyat, stressga chidamlilik, yaxshi rivojlangan muloqot qobiliyatlari;
Chet tillarini kamida muloqat darajasida bilishi nomzodga ustunlik beradi.
Sharoitlar
Dinamik rivojlanayotgan yirik jamiyatda ishlash;
Rasmiy raqobatbardosh ish haqi, ijtimoiy nafaqalar. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq paket;
Ish haqi darajasi muvaffaqiyatli nomzod bilan muhokama qilinadi;
Jamiyat hisobidan kasbiy o‘sish va malaka oshirish;
Ish vaqti 5/2 soat 09:00 dan 18:00 gacha.
Quyidagi shaxslar nomzod bo‘la olmaydi:
oliy maʼlumoti bo‘lmagan shaxslar;
rahbarlik lavozimida kamida ikki yil ish tajribasiga ega bo‘lmagan shaxslar;
ushbu shaxslar aybi bilan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi sababli, ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyani bekor qilish paytida bunday shaxslar yakka ijroiya organi vazifasini bajarayotgan bo‘lsa yoki kollegial ijroiya organi tarkibiga kirsa yoki yuridik shaxs taʼsischilari hisoblansa va bunday litsenziyani bekor qilgandan uch yildan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa;
iqtisodiyot sohasida yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat sodir etganligi sababli sudlanganlik holati tugallanmagan bo‘lsa, shuningdek korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestriga kiritilgan bo‘lsa;
sud hukmiga binoan muayyan lavozimda ishlash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan shaxs;
bunday shaxs bankrot etib topilgan paytda yuridik shaxsning yakka ijroiya organ vazifasini bajargan yoki kollegial ijroiya organi tarkibiga kirgan bo‘lsa
va uni bankrot deb topgan paytdan xali ikki yil o‘tmagan bo‘lsa.
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni taqdim etish:
Lavozimga daʼvogar nomzodlarning hujjatlari (rezyume (rasmi bilan), diplom va sertifikatlar nusxalari, tavsiyanomalar, mehnat daftarchasi nusxasi, sudlanganlik muddati yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma) quyidagi manzili bo‘yicha muhrlangan konvertlarda qabul qilinadi. Toshkent shaxri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Olimlar ko‘chasi 49- uy.
Hujjatlarni qabul qilish muddati: ushbu eʼlon Jamiyat veb-saytida (uzgeo.uz) Korporativ maʼlumotlarning yagona portalida (www.openinfo.uz) eʼlon qilingan kundan boshlab 15 kun, yaʼni 2024 yil 29 noyabr soat 16-00 gacha.
Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha ishtirokchilar quyidagi telefon orqali bog‘lanishlari mumkin: (55) 503-14-20 (ichki 7026)
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlar standartlari bo‘limi yetakchi mutaxxassis |
oliy |
Sohada 5 yil ish staji talab etiladi. |
- pasport yoki ID-karta; - diplom; - mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmasi; - soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; - jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami; - jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi. |
Ishlab chiqarish texnika bo‘limi bosh mutaxxassis |

Qimmatbaho metallar geologiyasi boshqarmasi bosh mutaxassis |
oliy |
Sohada 5 yil ish staji talab etiladi. |
- pasport yoki ID-karta; - diplom; - mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmasi; - soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; - jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami; - jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi. |
Raqamli geologiya boshqarmasi yetakchi geolog |
oliy |
Sohada 5 yil ish staji talab etiladi. |
- pasport yoki ID-karta; - diplom; - mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmasi; - soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; - jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami; - jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi. |
Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi bo‘limi yetakchi mutaxassis |
oliy |
Sohada 5 yil ish staji talab etiladi. |
- pasport yoki ID-karta; - diplom; - mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmasi; - soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; - jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami; - jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi. |
Axborot-kommunukatsiya texnologiyalar va axborot xavfsizligi bo‘limi bulim boshlig |
oliy |
Sohada 5 yil ish staji talab etiladi. |
- pasport yoki ID-karta; - diplom; - mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmasi; - soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; - jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami; - jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi. |
Xizmat kursatuvchi xodimlar bulimi Yukchi |
|
Sohada 1 yil ish staji talab etiladi. |
Diplom, xarbiy xizmat guvoxnomasi, rasm 3x4 |
Xizmat kursatuvchi xodimlar bulimi Koravul
|
|
Sohada 1 yil ish staji talab etiladi. |
Diplom, xarbiy xizmat guvoxnomasi, rasm 3x4 |
Yuriskonsult yetakchi |
oliy |
Sohada 3 yil ish staji talab etiladi. |