1. Asosiy
  2. Ijro apparati
  3. Texnik siyosat boshqarmasi

Texnik siyosat boshqarmasi

Texnik siyosat boshqarmasi to‘g‘risida

Ishlab chiqarishni tashkil etish usullari va shakllarini, geologik qidiruv ishlarini texnika va texnologiyasini takomillashtirish masalalarida asosiy yo‘nalishlarni belgilash;

Texnik ishlab chiqarish bo‘limi va markaziy ishlab chiqarish disptcherlik xizmatini o‘zaro , boshqa boshqarma va bo‘limlar, ekspeditsiyalar bilan faoliyatini integratsiyalash;

Resurslarni tejash, geologik qidiruv ishlarini innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, ilmiy-texnik va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish masalalarini tartibga solish;

Foydali qazilmalarning barcha turlari bo‘yicha geologik qidiruv ishlarida fizik hajmlarni va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bajarilishini nazorat qilish va ishlarni muvofiqlashtirish;

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tarkibiy tuzulmalari va geologiya qidiruv ekspeditsiyalarida ishlarni to‘g‘ri tashkillashtirish va uzliksizligini taʼminlash, zaruriy hisobotlar va jamiyatning Texnik Iqtisodiy ko‘rsatgichlarini oyma-oy tuzib tahlil qilish;

Brigadalardan nosozliklar tufayli turib qolishning oldni olish maqsadida omborxonalardagi qoldiq TMB ni o‘rganib chiqadi va o‘rnatilgan tartibda bosh muhandis imzosi bilan xizmat xati tayyorlab tegishli ekspeditsiya boshliqlariga telegram kanali yoki boshqa aloqa vositalari orqali uzatadi;

Omborxonalarda TMB ning harakatini elektron kuzatib borib, omborxonalararo ularning taʼminotini muvofiqlashtiradi;

Zamonoviy uskuna va texnologiyalardan samarali foydalanish maqsadida geologiya qidiruv ekspeditsiyalarida monitoring  o‘tkazadi;    Markaziy omborxonaga kelgan asosiy vositalar va TMB ni ekspeditsiya va boshqa tashkilotlarning talab darajasidan kelib chiqib to‘g‘ri taqsimlaydi;

Joylardagi texnologlar bilan hamkorlikda quduqlarning  geologik asoratli intervallariga xos texnologiyalarni mukammalligini taminlash uchun texnologik reglamentlar ishlab chiqadi;

Markaziiy ishlab chiqarish bazasi rahbariyati va xodimlari bilan nostandart moslamalar va detallarni mahalliylashtirish kabi ishlarni muvofiqlashtiradi;

Taʼmirlash uchun tashkillashtirilgan mobil brigadalarning ishini nazorat qiladi;

Burg‘ilash brigadalarida super vayzerlik ishlarini amalga oshiradi.

Davlat geologiya qo‘mitasi tizimida sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, xavfsizlik madaniyatini joriy etish, ishchilar sog‘ligini himoyalash, ishlab chiqarish jarohatlaridan va kasb kasalliklaridan,  yong‘in va radiatsion xavfsizlik darajasini ortishi, ishlab chiqarish sanitariyasi ishlarini tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish, ishchilar tomonidan qonunchilik hujjatlarida, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi bo‘yicha meʼyoriy texnik hujjatlardagi talablarni bajarilishini va ularni tarkibiy bo‘linmalarda bajarilishi nazoratini amalga oshirish.

 

Majburiyatlari

 Bo‘lim yuklangan vazifalar bilan muvofiqlikda quyidagi majburiyatlarni amalga oshiradi:

 Geologik qidiruv ishlari texnika va texnologiyasi sohasida:

Jamiyatning istiqbolga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, tog‘-kon burg‘ilash ishlari bo‘yicha nazorat raqamlari, hisoblangan texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar geologik qidiruv ishlariga limitlarning asosiy yo‘nalishlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

Ishlab chiqilayotgan reja va topshiriqlarni amalga oshirishda hamkorlik qiladi;

Geologik qidiruv uskunalarini samarali tanlash, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tegishli texnik darajada qo‘llash va yangilash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, geologik qidiruv ishlarini olib borishda zamonaviy texnika, taraqqiy etgan texnologiya va ilg‘or ishlab chiqarish tajribasini keng qo‘llash bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;

Geologik qidiruv ishlarini olib borishda tajriba-konstruktorlik ishlari asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;

Xo‘jalik hisobini mustahkamlash, bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirish, korxonalar ishi rentabelligini oshirish, o‘z faoliyat turi bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha ishlarda ishtirok etadi;

Jamiyat tarkibiy tuzulmasidagi korxonalar bilan hamkorlikda geologik qidiruv ishlari ishlab chiqarishini tashkil etishni takomillashtirish, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, moddiy texnik resurslar ishlab chiqarish sarf meʼyorlarini ishlab chiqishni tashkil etadi va bajarilishini nazorat qiladi;

Moddiy-texnik taʼminot masalalarini muvofiqlashtiradi, shartnomalarni o‘z vaqtida tuzilishida va moddiy resurslarni sotish (realizatsiya qilish)da hamkorlik qiladi;

Ishlab chiqarish korxonalariga ishlarni tashkil etishni takomillashtirish, ishlab chiqarishni, geologik ishlar texnika va texnologiyasi, loyihalash, meʼyorlashtirishni muhandislik tayyorlashni takomillashtirish masalalarida uslubiy va amaliy yordam beradi;

Geologiya-qidiruv ishlari sohasida innovatsion texnologiyalar va texnik vositalarni joriy etish bo‘yicha tashkiliy ishlarni o‘tkazadi;

Geologik-qidiruv ishlarini o‘tkazishga tegishli qism bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari sifatini nazorat qiladi;

Korxonalar tomonidan ishlarning jismoniy hajmi va unumdorlik bo‘yicha hisob ko‘rsatkichlarini bajarilishini borishi haqida tezkor maʼlumotlarni yig‘ish va tahlil qilishni amalga oshiradi, geologik qidiruv ishlardagi mehnatni tashkil etishni takomillashtirish va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqadi.

Jamiyat tarkibiy tuzulmasidagi korxonalarni kuz-qish davridagi ishlarga tayyorlash bo‘yicha jamlama chora-tadbirlarni shakllantiradi va ularni korxonalar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi.

Korxonalar hisobotlarini, maʼlumotlarini va xatlarini ko‘rib chiqadi va tahlil qiladi, ular bo‘yicha xulosa va takliflar tayyorlaydi.

Bo‘lim ish sohasiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha tarmoq yig‘ilishlari, seminarlar, kurslari o‘tkazilishini tashkillashtiradi.

Jamiyat va Davlat geologiya qo‘mitasi Hayʼati, ilmiy texnik kengashi (NTS), doimiy faoliyat yurituvchi komissiya (PDK) yig‘ilishlarida masalalarni ko‘rib chiqish uchun materiallar tayyorlashni amalga oshiradi, ko‘rsatilgan organ va komissiyalar qarorlari loyihalarini, shuningdek, bo‘lim faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha jamiyat dasturlari, chora-tadbirlari, farmoyish va  buyruqlar  loyihalarini ishlab chiqadi, tegishli tezkor va statistitik hisobot va maʼlumotlarni tuzadi.

Jamiyatning ko‘rsatmalari va farmoyishlari bo‘yicha boshqa vazifalarni bajaradi.

 

 Huquqlari

Yuklangan vazifa va majburiyatlarni bajarish uchun Bo‘lim qo‘yidagi huquqlarga ega:

Jamiyat tarkibiy tuzulmasidagi korxonalardan bo‘lim ish sohasiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha hisobotlar, maʼlumotlar va boshqa materiallarni so‘rash va olish;

Bo‘lim faoliyati masalalari bo‘yicha  o‘rnatilgan tartibda ko‘rsatmalar berish va ishlarini tekshirish;

Bajarilayotgan ishlarni loyiha hamda xavfsizlik meʼyorlari va qoidalari talablariga muvofiqligini o‘z ish sohasi chegarasida nazorat qilish, korxonalar va ularning bo‘linmalari rahbarlariga aniqlangan kamchilik va xatoliklarni bartaraf etish yuzasidan albatta bajariladigan  yozma buyruq va ko‘rsatmalar berish;

Qabul qilingan texnologik jarayondan chetga chiqishlar, uskunalar, transport vositalari, texnikalarni texnik ishlatish qoidalari buzilishi, agar ishchilar hayoti va sog‘ligi uchun xavf mavjudligi yoki avariya yuzaga kelish xavfi aniqlansa, obyektlarda ishlarni amalga oshirishni va uskunalarni ishlatishni to‘xtatish;

Zarur bo‘lgan hollarda jamiyat rahbariyati bilan kelishuv bo‘yicha Bo‘limga yuklangan vazifalarni hal etish va ishlarni amalga oshirish uchun korxonalar va ularning bo‘linmalari mutaxassislarini jalb etish;

Bo‘lim ish sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha davlat muassasalarida jamiyat nomidan o‘rnatilgan tartibda vakillik qilish;

Jamiyat rahbariyatiga korxonalar va ularni bo‘linmalarining xizmat majburiyatlarini ijrosini tegishli tarzda taʼminlamayotgan rahbarlari va mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish va aksincha, faoliyatida ijobiy natijalarga erishayotgan xodimlarni rag‘batlantirish haqida takliflar kiritish.

 

Foydali havolalar